KategoriyalarBosh sahifaKatalog
Faqat tasdiqlangan do'konlar

Publik oferta

mykarvon.uz platformasidan foydalanish va to'lovlar bo'yicha umumiy shartlar.

1. Umumiy qoidalar

mykarvon.uz — O'zbekiston bozorlari va tadbirkorlarini birlashtiruvchi onlayn platforma. Sotuvchilar do'kon ochib, mahsulotlarini joylashtiradi; xaridorlar sotuvchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanadi. To'lov tizimi orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar — sotuvchilar uchun do'konni faollashtirish (obuna) xizmatiga to'lovdir.

2. Buyurtma va to'lov usullari

Sotuvchi shaxsiy kabinetda obuna rejasini (1, 6 yoki 12 oy) tanlaydi va to'lov usulini belgilaydi: Payme, Click yoki bank kartasi (Uzcard, Humo, Visa, Mastercard). Karta orqali to'lov bank ekvayringi (AO «Octobank») xavfsiz to'lov sahifasi orqali amalga oshiriladi.

UzcardHumoVisaMastercard

3. Tovar/xizmatlarni yetkazib berish

Obuna (do'konni faollashtirish) — raqamli xizmat. To'lov tasdiqlangandan so'ng do'kon darhol faollashtiriladi va tanlangan muddat davomida amal qiladi; jismoniy yetkazib berish talab qilinmaydi. Sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi tovar yetkazib berish to'g'ridan-to'g'ri, platformadan tashqarida kelishiladi.

4. Qaytarish va pul qaytarish shartlari

Operatsiyani bekor qilish yoki bank kartasiga pul qaytarish so'rovi support@mykarvon.uz manziliga yuboriladi. Faollashtirilmagan yoki noto'g'ri amalga oshirilgan to'lov bo'yicha mablag' xizmat ko'rsatuvchi bank qoidalariga muvofiq o'sha kartaga qaytariladi (odatda 1–10 ish kuni ichida). Allaqachon ko'rsatilgan obuna xizmati uchun qaytarish amalga oshirilmasligi mumkin.

5. To'lov xavfsizligi

Karta ma'lumotlari (raqam, amal muddati, CVV) faqat bankning PCI DSS standartiga mos xavfsiz sahifasida kiritiladi va platforma serverlarida saqlanmaydi, qayta ishlanmaydi yoki uzatilmaydi. Ulanish HTTPS/SSL protokoli bilan himoyalanadi. Visa/Mastercard kartalari CVV bilan, Uzcard/Humo kartalari SMS-kod orqali tasdiqlanadi.

6. Maxfiylik siyosati

Platforma foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini (ism, telefon, email) faqat ro'yxatdan o'tkazish, identifikatsiya va xizmat ko'rsatish maqsadida to'playdi va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq himoya qiladi. Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, berilmaydi.

7. Akcept (rozilik)

«To'lash» tugmasini bosish orqali to'lovchi ushbu Oferta shartlari bilan to'liq tanishganini va ularni qabul qilganini tasdiqlaydi.

  • Aloqa: support@mykarvon.uz